Salomatlik

Piyoz va uning po‘sti — ming dardga davo

Infarkt yoki insultni boshidan kechirgan insonlarga har kuni pishirilgan piyozni isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Piyoz va uning po‘sti — ming dardga davo

 

Piyoz kuchli antibakterial taʼsirga ega.

Asal bilan yangi piyoz sharbati bronxit va pnevmoniyani davolash, yo‘tal xurujlarini bartaraf etish uchun ishlatiladi.

Pishirilgan piyoz kompresslari quloq og‘rig‘iga yordam beradi va oyoqlarga surtilganda tana haroratini pasaytiradi.

 

Pishgan piyozning shifobaxsh xususiyatlari:

 

 Ø   Pishgan piyoz yaralar va yotoq yaralarni davolashda yordam beradi. Buning uchun piyoz qobig‘ida pishiriladi va  og‘riqli joylarga surtiladi;

 

 Ø   Yiringli yaralarni davolashda ham pishirilgan piyozdan foydalanish mumkin. Issiq piyoz kompressini har kuni  20 daqiqadan  muammoli joyga qo‘yib, ushlab turish lozim. Yiringli yaralar juda tez yo‘qoladi;

 

Ø Pishgan piyozni qon ivishida muammolari bo‘lgan har bir kishi ko‘proq isteʼmol qilishi kerak.

 

Piyoz po‘stini tashlab yuborishga shoshilmang!

 

Piyoz po‘stining qaynatmalari ekspektoran ( balg‘am ko‘chiruvchi),  laksatif (ich suruvchi), peshob haydovchi, safro haydovchi, spazmolitik, vitaminlar, mikroblarga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi sifatida ishlatiladi.

 

Angina shishishi qiynaganda:

 

Piyoz qobig‘ining ustiga qaynoq suv quyib, iligach filtrlanadi. Va tomoqni chayish uchun foydalaniladi.

 

Burun oqishida — allergik va shamollaganda:

 

Qaynoq suvga 4 osh qoshiq to‘g‘ralgan piyoz po‘sti solinib, 3-5 daqiqa davomida bug‘ida nafas olish kerak.

 

Yo‘tal tutsa…

 

2 osh qoshiq piyoz po‘stiga  2 stakan suv solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi, suziladi. Kuniga 3 marta 1/4 stakan iliq holda ovqatdan 30 daqiqada  oldin ichiladi.

 

Buyrak va peshob yo‘llari shamollaganda:

 

3 choy qoshiq maydalangan piyoz po‘stining ustiga  2 stakan suv solib qaynatiladi va 30 daqiqaga davomida tindiriladi.

O‘tkir sistitda  kuniga 2 marta 50 ml. dan 3-5 kun davomida, surunkali sistitda  10 kun davomida kuniga 3-4 marta 2 osh qoshiqdan ichiladi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"