Sport

Toshkentda yana bir xalqaro turnirga start berildi

Bugun poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogi bahslari boshlandi.

Toshkentda yana bir xalqaro turnirga start berildi

 

20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa shpaga, rapira va sablya dasturlarida yakkalik hamda jamoaviy yo‘nalishda tashkil etilmoqda. 

 

Bu galgi bellashuvlarda Rossiya, BAA, Xorvatiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Isroil, Qirg‘iziston, Shveysariya, Ukraina, Turkiya, Polsha, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston davlatlaridan 260 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

 

Reglamentga ko‘ra, bugun rapira bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, musobaqa Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

 

Musobaqa taqvimi quyidagicha:

9 dekabr: Rapira bo‘yicha yakkalik;

10 dekabr: Shpaga bo‘yicha yakkalik, rapira bo‘yicha jamoaviy;

11 dekabr: Sablya bo‘yicha yakkalik, shpaga bo‘yicha jamoaviy;

12 dekabr: Sablya bo‘yicha jamoaviy.

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda yana bir xalqaro turnirga start berildi | Zamon.uz