Eng dolzarb

Xamir uchidan patir yoxud islohotlar o‘z samarasini beryaptimi?

Har qadamda palak yozayotgan korrupsiya ildizini vijdon va kelajak boltasi bilan chopib tashlaylik!

Xamir uchidan patir yoxud islohotlar o‘z samarasini beryaptimi?

 

Hush kelibsiz, бизнинг......ga! Qadamlaringizga hasanot! Poyqadamingizga  qo‘y so‘yaylikmi yoki jonliq tortiq qilish kerakmi?

 

Gohi-gohida qulog‘imizga chalinadigan “tesha tegmagan” gap-so‘zlardan yoqamiz g‘ijimlanaverib, poyi-patagi chiqib ketadi. Nimaga deysizmi? Unda eshiting.

 

Eshmatning yashash joyi shunday makonki, puling bo‘lsa, cho‘ntagingni qorni to‘q yursa, oshig‘ing olchi. “Ber-beriston” mamlakatida mazza qilib yashaysan. Biror amal kursisi bormi, yoki yap-yangi mashina minging keladimi, hech bir “problema”siz ishing bitadi.

 

Darhaqiqat, “olib qo‘ying”, “suyunchi puli”, “xizmat haqi”, “tomoq oshi”, “amal puli” kabi atamalar kundalik hayotimizning, balki qon-qonimizga singib ketgan tushunchalar edi. Har holda Qonun va eʼtiqod bilan  mustahkamlanib boaryotgan jamiyatda Eshmatga o‘xshaganlarning hayoti tush bo‘lib qoldi.

 

Ammo ortga bir nazar bilan korrupsiya bo‘yicha qator “qorni kattalarning” “yeb qo‘ygan” mablag‘larini eslab o‘tsak.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili jami 1723 ta holatda mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan va korrupsiya oqibatida 500 milliard so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan. 

Shundan 71 foizi (355 milliard so‘m) aybdorlardan tergov davomida undirilgan.

 

Bu yilgi raqamlar ham o‘tgan yilnikidan qolishmayapti. aytilishicha, 2021 yilning 6 oyi mobaynida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan bog‘liq 1676 ta jinoyat ishi tergov qilinib, sudga yuborilgan.

 

Ular hozirgacha qancha zarar yetkazgani maʼlum emas, balki keyingi yil bilib olarmiz.

 

Bundan tashqari, agentlik ushbu davr mobaynida mansabdorlari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l urgan viloyat(lar)ni ham maʼlum qildi. Unga ko‘ra, toshkent viloyati — eng korrupsiyaga botgan hudud hisoblanadi. U yerda mansabdorlar 2020 yil davomida 245 ta holatda korrupsiya sodir etgan.

 

Ushbu davr mobaynida eng ko‘p jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlar faoliyat yuritgan hududlar uchligi sifatida Toshkent (274), Samarqand (173) va Jizzax (170) viloyatlari qayd etilgan.

Mansabdorlari eng kam korrupsiyaga qo‘l urgan viloyat sifatida Buxoro qayd etilgan. U yerda 19 ta  holat sodir bo‘lgan.

 

Yangiliklar oqimida yil boshida korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminoti ishga tushirildi.

 

eanticor.uz  dasturiy taʼminoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 

 

Bundan tashqari, yana bir yangi loyiha “O‘zbekistonda birinchi antikorrupsiya laboratoriyalarini yaratish” loyihasi doirasida tadqiqot o‘tkazildi.

 

Joriy yil 1 dekabr kuni bolalarni maktabga qabul qilish bosqichida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalarining jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi. 

 

Mazkur tadqiqot “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda   xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda birinchi antikorrupsiya laboratoriyalarini yaratish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

 

Tadqiqotning birinchi bosqichi so‘rovnoma va intervyu shaklida o‘tkazildi. Unda asosiy eʼtibor bolalarni boshlang‘ich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va halollikni baholashga qaratildi.

 

Natijayomon emas. Islohot baribir o‘z so‘zini aytmoqda. Hech bo‘lmasa uyat, andisha yoxud o‘z amalidan ayrilib sharmanda bo‘li qolishdagi fobiya insonni o‘z ustida ishlashi, nafsini yengishida yordam berib qolar.

 

Yaqinda qonunchilikda 2022 yil 1 yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligi quyidagi qo‘shimcha va muhim  vakolatlarga ega bo‘ladi:  

 

▪️huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlarni olish;

 

▪️tadqiqotlar va maʼmuriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish;

 

▪️boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida – hamkor organlar bilan kelishuvga ko‘ra har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha hamda shu kabi qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

 

Dunyo tajribasiga eʼtibor qaratsak:

➡️ 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan .

 

 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

 

 Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.

 

Shuningdek, 2020 yilning 7 sentyabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritilgan hamda tegishli sertifikatgа ega bo‘lgan.

 

Korrupsiya — jamiyat kushandasi! Uni yonidan ham, boshidan ham chopish kerak. Zero, kelajak halol va adolatli jamiyatda ulg‘ayadi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Xamir uchidan patir yoxud islohotlar o‘z samarasini beryaptimi? | Zamon.uz