Kommunal sohada 150 holatda isteʼmolchilar huquqlari buzilgani aniqlandi
Shundan 45 foiz ulush gaz taʼminotiga to‘g‘ri keladi.

Hozirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqilgan katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kommunal xizmat ko‘rsatish, energiya taʼminoti sohasida ommaviy shartnomalar haqida o‘rganish ishlarini boshlab yubordi.
Ayni kunga qadar qo‘mita tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarining 250 dan ortiq shartnomalari o‘rganilgan.
Statistikaga ko‘ra, 150 holat, yaʼni, 15 foiz elektr energiya taʼminoti, 15 foiz issiqlik energiyasi taʼminoti, 15 foiz suv taʼminoti va 10 foiz boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarning manfaatlariga va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faol isteʼmolchilarni muammolarni aniqlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (71) 207 47 00 raqamiga yoki info@antimon.gov.uz elektron manziliga murojaat yo‘llash tizimini nazoratga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etilishi hamda 2022 yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi kutilyotgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







