Eng dolzarb

SSV markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan olindi

SSVga aholidan tibbiyot sohasidan norozilik haqida juda ko‘p shikoyatlar kelib tushmoqda.

SSV markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan olindi

 

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi.

 

Tibbiyot sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Baʼzi hududlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi juda past ekanligi bor gap.

 

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bu sohadagi byurokratik to‘siqlar va korrupsion holatlar hamon saqlanib qolayotganini to‘g‘risida jamoatchilik bilan muloqotlarda qayta-qayta to‘xtalib o‘tmoqda.

 

Kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘tgan 11 oy davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 12 mingtaga ko‘payib, 57 600 tani tashkil etgan. Ularning katta qismi sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalardir. So‘nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko‘paygan.

 

Qolaversa, bitta tumanda kamida 10-15 ta laboratoriya bo‘lgani bilan qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida diabetning og‘ir asoratlari – ko‘z, buyrak va to‘piq kasalliklari bo‘yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshgan.

 

 Joylardagi masʼullarning eʼtiborsizligi sababli kichik muammolar joyida hal bo‘lmaydi. Shu sababli xalq Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura va boshqa masʼul idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

 

 Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimi oqsayotgani, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq.

 

Shulardan kelib chiqqan holda bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining o‘z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etildi. Ularga quyi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"