Hi-Tech

Xiaomi yangi smartfonini ommaga tanishtish niyatida

Xiaomi Ultra flagman smartfonining yangi avlodi g‘ayrioddiy dizaynga ega bo‘ladi.

Xiaomi yangi smartfonini ommaga tanishtish niyatida

 

Xitoy kompaniyasi tasnifida texnik jihatdan eng ilg‘or smartfon bo‘ladigan Xiaomi 12 Ultra‘ning eng eʼtiborli qismi uning kamera moduli bo‘ladi. Bu haqida RIA Novosti xabar tarqatdi.

 

Manbaning yozishicha, ekran kattagina bo‘lib, qattiq shisha paneli bilan qoplanadi.

 

Kameralar korpusi esa doira shaklida bo‘lib, asosiy kamera doira markazida va chap tomonida joylashadi. Periskop kamera esa doira pastidan joy oladi. Doira tepasida to‘rtinchi kamera joylashgan bo‘lib, u telefoto sensori vazifasini bajaradi. Qolgan qismlar LED chirog‘i, atrof-muhit yorug‘ligi sensori va avtofokus uchun mo‘ljallangan.

 

Xiaomi 12 Ultra 2021 yil dekabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi 12‘ning takomillashtirilgan versiyasi hisoblanadi.

 

Avvalroq "Samsung Galaxy S22” taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tishi hamda “Roskachestvo” oktyabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingini eʼlon qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Xiaomi yangi smartfonini ommaga tanishtish niyatida | Zamon.uz