Endi Buxoroda: 13 yoshli onalar safi “kengaymoqda”
Maktab o‘quvchisi ammasining o‘g‘lidan farzand ko‘rdi.

Maʼlum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Jondor tumanida maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz 20 yoshli “ammavachcha”sidan farzandli bo‘lgan.
Jondor tumani xalq taʼlimi bo‘limi mudiri Latofat Jo‘rayevaning so‘zlariga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan Sh.M. Buxoro shahrida yashovchi ammavachchasi R.T. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan.
Bir necha yil ilgari o‘rta maktabni tugatgan R.t. ishlash uchun Rossiyaga ham qatnab yurgan. U qizning yosh va soddaligidan foydalangan.
Xabarda taʼkidlanishicha, maktabning sobiq direktori O.Q. 7-sinf o‘quvchisi Sh.M.ning xatti-harakatidan shubhalanadi va qizning ota-onasi maktabga chaqirtirib, holatni aytgan. Afsuski, hatto, ota-onasi ham qizining homiladorligidan bexabar bo‘lgan.
Homilador o‘quvchi 13 dekabr kuni kechqurun Buxoro shahridagi Perinatal markazda farzandli bo‘lgani va bola sog‘lom ekani ochiqlangan.
Hozirda Buxoro viloyati IIB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 13 yoshli qizaloq homilador ekani aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







