Bred Pitt Joli bilan munosabatlarini qayta tiklashni maʼlum qildi
57 yoshli amerikalik aktyor, farzandlari uchun bo‘lsa ham, sobiq rafiqasi bilan yarashishga tayyor.

Bred Pitt Joli bilan munosabatlari do‘stona bo‘lib qolishiga umid qilmoqda. Aktyor farzandlari uchun hamma narsaga tayyor ekanligini tan oldi. Shuningdek, aktyor Joli bilan bo‘lgan barcha yomon xotiralarini unutishga qaror qilgan.
Ular 2019 yilda ajrashgan. Аmmo haligacha 6 nafar farzandining vasiyligi masalasini hal qila olishmayapti: 20 yoshli Maddoks, 18 yoshli Paks, 16 yoshli Zaxara, 15 yoshli Shilo va 13 yoshli egizaklar Viven va Noks.
Joriy yilning boshida sud Pittni vasiylikni bo‘lishishi mumkinligi haqida qaror chiqargan edi, ammo “Malefisenta” hukmdan norozi edi. Bolalar u bilan qolishlari uchun u oxirigacha kurashishga tayyorligini bildirgan.
Ushbu urush fonida Bred ruhiy siqilishlarni boshdan kechirdi. Endi aktyor hatto boshqa “romantika” o‘rnatishga hafsalasi yo‘qligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyorga turmushga chiqqani hamda turk aktyori Xalit Ergench uchinchi marotaba ota bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







