Dollar kursi pastga "tashladi"
Bu safargi tushish oldingisidan ancha sezilarli bo‘ldi.

Bugun, 18-dekabr sanasida Markaziy bank o‘zbek so‘mining AQSH dollariga bo‘lgan qiymatini eʼlon qildi. Deyarli tushmay, ko‘tarilib kelayotgan AQSH valyutasi bugunga kelib 10 821,32 so‘mni tashkil qildi. Kuni kecha bu ko‘rsatgich 10 840 so‘m edi.
Eslatma. Markaziy bank eʼlon qilgan valyuta kursi jismoniy shaxslarga amal qilmaydi.
Tijoriy banklar ham Markaziy bankning eʼlon qilgan summasiga binoan, AQSH dollarini nisbatan arzon sotishni taklif qilmoqda.
Ayni vaqtda tijoriy bank ofislarida 1 AQSH dollari 10 875 so‘mdan sotilmoqda.
Sotib olish(maydalash) esa 10 785 so‘mdan boshlanadi.
Maʼlumot uchun, kuni kecha tijoriy banklar 1 AQSH dollarini 10 890 so‘mdan sotayotgan edi. Sotib olish esa 10 800 so‘m atrofida bo‘lgan.
Avvalroq tadbirkorlar uchun uzluksiz ravishda, yaʼni 24/7 rejimda valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







