Odil Ahmedov futbolni tark etdi
Bu haqda u o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan kitob taqdimotida ma’lum qildi.

Bugun, 18-dekabr kuni Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini tugatganini rasman e’lon qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi uning faoliyatiga bag‘ishlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning shonli yo‘li» kitobi taqdimot marosimida ma’lum qildi.
Ma'lumot uchun, Odil Ahmedov 2007-yilda O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan. U milliy jamoa libosida 108 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Faoliyati davomida 4 ta jahon chempionati saralashida qatnashib, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etgan. 2020-yil Ahmedov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Avvalroq Odil Ahmedovga “Arsenal” klubidan taklif tushganligi, lekin futbolchi “Anji” jamoasini tanlaganligi xabar qilingandi.
Javohirbek Tursunov








