Ta'lim

Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt muddati 20-yanvargacha uzaytirildi

Endi “imtihondan yiqilgan” abituriyentlarga ham imkon beriladi.

Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt muddati 20-yanvargacha uzaytirildi

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.

 

Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

 

Avvalroq to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangani va magistratura mutaxassisliklarida qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Javohirbek Tursunov

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt muddati 20-yanvargacha uzaytirildi | Zamon.uz