Eng dolzarb

Noyob asarlar mashmashasi

O‘zMU kutubxonasida noyob asarlar g‘oyib bo‘lganmi?

Noyob asarlar mashmashasi

 

Kecha ijtimoiy tarmoqda XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qo‘lyozma asari, Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan «Muqaddimai Zafarnoma» qo‘lyozma kitobi, Alisher Navoiyning tilla suvi yuritilgan “Xamsa” dostoni va boshqa o‘nlab nodir qo‘lyozmalari O‘zMU kutubxonasidan “sirli” tarzda g‘oyib bo‘lgani aytilgan xabar tarqaldi.

 

Unda aytilishcha, 2018 yilda O‘zbekiston Milliy universitetida taʼmirlash ishlari olib borilgani sabab oliygohning tarix muzeyidagi nodir qo‘lyozmalar tipografiya xonasiga vaqtincha olib o‘tilgan.

 

Kitoblarning yo‘qolganidan hamma xabardormi?

O‘zMUning II bosqich magistranti Muhammadbobur Yunusov 3 oy oldin bu haqda Oliy taʼlim vazirligiga xabar qilgan va shaxsan vazir bilan uchrashib, kitoblarning yo‘qolganini aytgan. Vazirlik tomonidan holat o‘rganilishi maʼlum qilingan bo‘lsada, natijasi murojaat etuvchiga yetib kelmagan.

Avvaliga Muhammadbobur intervyu berishdan bosh tortdi. Chunki unga rektor OAVlariga intervyu berishni taqiqlagan.

“Men universitet muzeyida ishlaganim sabab vaziyatdan xabardorman. Yo‘qolgan tarixiy noyob kitoblar haqida o‘zim o‘rganganman va ustozlarimdan eshitganman. Bu haqda universitetning barcha masʼul shaxslari biladi. Ammo hech kim aralashgisi kelmayapti. Rektor xabar OAVga tarqalmasligini talab qilyapti” – deydi Muxammadbobur.

Uning qo‘shimcha qilishicha, universitet muzeyida 80 ga yaqin noyob kitoblar yo‘qolgan.

Suhbatdoshimizning taxminicha, “million dollar” turadigan noyob kitoblar universitetda kim tomonidan yo‘qotilgani ko‘pchilikka maʼlum.

 

Valijon Yodgorov, moliya va iqtisodiyot ishari bo‘yicha prokektor:

- Universitet fondidagi kitoblar O‘zbekiston aholisidan ilmiy ekspeditsiyalar chog‘ida yig‘ib kelingan. Ularning hech biri ekspertiza yoki boshqa baholovchi organlarga ko‘rsatilib, aniq narxlanmagan. Noyob asarlar universitet muzeyidagi vitrinalarda saqlangan. Undan tashqari, fondimizda xalq orasidan yig‘ilib, hozirda ilmiy jihatdan o‘rganilayotgan noyob kitoblar ham bor.

Magistr talabamiz ikkinchi marotaba asossiz shov-shuv tarqatyapti. Avval ham juda katta millionlik boylik topildi, deb intervyu bergan. Xabar esa asossiz bo‘lib chiqqan. U bizda faol magistr sifatida ishchi guruh aʼzosi bo‘lgan. Balki o‘rganish jarayonida uning ko‘zi ushbu kitoblarga tushmagani sabab yo‘qolgan deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin. Tarqatilgan maʼlumotga kelsak haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Kitoblar yo‘qolmagan.

 

Botirjon Mallaboyev, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviy maʼrifiy bo‘lim boshlig‘i:

- Hozirgi kunda magistr tomonidan aytilayotgan kitoblar aslida yo‘qolmagan.

Universitetda ishchi guruh tuzilgan. Nodir qo‘lyozmalarni o‘rganish jarayoni ketyapti. To‘g‘ri, qo‘lyozmalarni ro‘yxatdan qayta o‘tkazish vaqtida ayrimlarining nomi va qayd raqamlari bir-biriga mos kelmasligi aniqlangan. Hozirda nomi va qayd raqamlarini tiklash ishlari olib borilyapti. Qo‘shimcha arabshunos, manbashunos, tarixchilar jalb etish kutilmoqda.

 

Yo‘qolgan noyob kitoblar masalasi prokuratura organlarini ham eʼtibordan chetda qoldirmadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning rasmiy saytida mazkur holat o‘rganilayotgani va natijasi tez orada xabar qilinishi maʼlum qilingan.

Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Noyob asarlar mashmashasi | Zamon.uz