Nodirbek Abdusattorovga 2 xonali uy beriladigan bo‘ldi
Shuningdek, 17 yoshli shaxmatchi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo‘nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 28-dekabr kuni Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat musobaqasining rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishdi va Jahon chempioniga aylandi.








