Sport

Yilning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Otabek Umarov ham mukofotlandi.

Yilning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun Sport va turizm vazirligi tomonidan Yilning eng yaxshi sportchisini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi:

 

“Yilning eng faol sport jurnalisti” – “Sport TV” telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova;

 

“Yilning eng faol sport foto muxbiri” – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “Olamsport.com” sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov;

 

“Yilning eng faol sport muxlisi” – Abduraxmon Fozilov;

 

“Sport yo‘nalishi bo‘yicha yilning eng faol matbuot xizmati” –  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;

 

“Yilning eng faol sport sayti” – “Sports.uz” sayti;

 

“Yilning eng yaxshi sport shifokori” – Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi bosh shifokori Dilshodbek Maxmudov;

 

“Yilning eng yaxshi hududiy turizm va sport bosh boshqarmasi” – ommaviy sportni rivojlantirishdagi faolligi uchun Farg‘ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi;

 

“Yilning eng faol sport blogeri” – instabloger, “MY5” telekanali xodimi Hilola Isoqova;

 

“Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi” – og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;

 

“Yilning eng faol sport maktabi” – Buxoro tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

 

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi Xan Pavel;

 

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” (qizlar o‘rtasida) – boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nigina O‘ktamova;

 

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” (o‘smirlar o‘rtasida) – erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov;

 

“Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi” – O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi;

 

“Yilning eng matonatli erkak sportchisi” – para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Elbek Sultonov;

 

“Yilning eng matonatli ayol sportchisi” – para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nurxon Kurbonova;

 

“Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi” – para yengil atletika bo‘yicha murabbiy Sardor Abduxalikov;

 

“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) – para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Boburjon Omonov;

 

“Yilning eng halol hakami” – dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Ramziddin Saidov;

 

“Yilning eng saxiy sport homiysi” – “QIZILQUMSEMENT” aksiyadorlik jamiyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda Oriyent Finans Bank;

 

“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” (qizlar o‘rtasida) – para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova;

 

“Yilning eng intiluvchan federatsiyasi” – O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi;

 

“Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun” – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov;

 

“Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi – og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘rayev;

 

“Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” – O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi;

 

“Yil kashfiyoti” sovrini – taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov;

 

“Yilning eng yaxshi sportchisi” – boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov.

 

Yilning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz