Bekobodda hokimlik vakili $128 ming pora bilan qo‘lga tushdi
U o‘zgaga MTT binosini xususiylashtirishda va shahardan 1 gektar yer ajratilishida yordam bermoqchi bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhovaza qiluvchi organ xodimlari Bekobod shahri hokimligi bosh mutaxassisini yer maydonini noqonuniy tarzda o‘zgaga sotayotgan vaqtda qo‘lga oldi.
Aniqlanishicha, hokimlik vakili o‘zganing ishonchiga kirib, muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birgalikda unga shahar hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilishida va maktabgacha taʼmil muassasasi binosini xususiylashtirib olishda yordam berishni vaʼda qilib, o‘zga shaxsdan noqonuniy ravishda 128 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







