0

Endilikda emlanmagan xodim ishxonaga kiritilmaydi

O‘zbekistonda koronavirusning “Omicron” shtammi aniqlangani sababli bir qator cheklovlar joriy etiladi.

Endilikda emlanmagan xodim ishxonaga kiritilmaydi

 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi. 

 

Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qatʼiy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi.

Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatʼiy chora ko‘riladi.

 

Shuningdek, Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida taʼtil davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan masʼul etib belgilanadi.

 

Bundan tashqari, himoya niqobini taqmaganlik uchun jarima 1 million 350 ming so‘m qilib belgilandi.

 

O‘zbekistonga “Omicron” shtammi kirib kelishi sababli karantin nazorati kuchaytiriladi, amal qilmaganlarga qonuniy chora ko‘riladi.

 

Maʼlumot uchun: mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi shtammi joriy yilning 7 yanvar kuni aniqlangan.

 

Shu sababli barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qatʼiy rioya etilishi taʼminlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 yanvardan boshlab tadbirlar o‘tkazish bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"