0

LGBT faollarini poytaxt markaziga chaqirishda ayblangan bloger ustidan sud ishi boshlandi

Bloger Miraziz Bozorov uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

LGBT faollarini poytaxt markaziga chaqirishda ayblangan bloger ustidan sud ishi boshlandi

 

Toshkent shahridagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishi 20 yanvar kuni soat 11:00 da ko‘rib chiqish boshlandi.

 

Bu haqida O‘zbekiston Oliy sudining interaktiv xizmatlar portalidagi maʼlumotlar  xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, ochiq sud muhokamasi sudya Sardorbek Sodiqov raisligida bo‘lib o‘tadi.

 

Jabrlanuvchilar sifatida Shuhrat Zoyir o‘g‘li Musayev (bloger), Abror Muxtoraliyevich Abduazimov (O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi), Dmitriy Abdukarimovich Rasulov va Jahongir Zohidjonovich Salimovlar ko‘rsatilgan.

 

Maʼlumot uchun: Miraziz Bozorov 28 mart kuni o‘z uyi oldida kaltaklangan edi. Unda bir necha jarohat va sinishlar qayd etilgan. Shu kuni u "anime va K-pop" muxlislarini poytaxt markaziga yig‘ilishga chaqirgan.

 

Toshkent markazida LGBT faollariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tgan. O‘nlab erkaklar Forumlar saroyi qarshisida yo‘lning harakat qismida yurib, “Allohu akbar!” deb takbir aytgan.

 

IIBB 12 kishining qo‘lga olingani va Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “B” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"