Navbatdagi dorifurushning “misi” o‘z yashash manzilidan chiqdi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlarining Chilonzor tumanida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 1991 yilda tug‘ilgan Orif ismli shaxsning vaqtinchalik yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida fuqaro kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni sotish maqsadida uyida saqlab kelayotganligi aniqlandi. Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalili sifatida olingan jami dori vositalari 498 ta "Zardeks" 528 dona "Regapen" tashkil qilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Munojat Valiyeva







