0

Bobosining rejissyor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan aktrisa

U yaqinda ikkinchi marotaba ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgandi.

Bobosining rejissyor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan aktrisa

 

Maʼlumki, Asal Shodiyeva 1992-yil 6-aprel kuni tug‘ilgan. O‘zbek  kino aktrisasi va xonandasi. U 2000-yillar oxiri, 2010-yillar boshida o‘zbek kinokomediyalarida o‘ynagan rollari bilan shuhrat qozondi. U bir nechta qo‘shiq ham kuylagan. Turmush o‘rtog‘i – o‘zbekistonlik xonanda Shohruhxon.

 

2013-yil aktrisa  badiiy filmlarda  suratga tushishni to‘xtatganini  maʼlum qildi. Ammo undan keyingi yillarda bir necha bor  filmlarda rol ijro etdi.

 

Aktrisa Asal Shodiyevaning bobosi Mirzakalon Shodiyev 13 yildan buyon konsert dasturlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

 

— Asli kasbim iqtisodchi, rejissyor bo‘lishimga esa nabiram Asal sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab katta konsert tomoshabinlariga rejissyorlik qilaman. Shu bilan birga, poytaxtdagi “Chustiy” MFYning raisi hisoblanaman, — deydi Mirzakalon Shodiyev.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Gulnora Karimovaning qizi ilk bor sevgan yigitining suratini ko‘rsatgani  hamda Yulduz Usmonova sudda yutqazgani va 185 million so‘m jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"