Maktabda fanlar oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazildi
Bektemir tumanidagi 293-maktabda "Dekabr — ijtimoiy fanlar oyligi", “Yanvar — tabiiy fanlar oyligi” va "Fevral — matematika va informatika fanlar oyligi" deb eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan taʼlim muassasasida tarix, davlat va huquq asoslari, matematika, informatika fanlari bo‘yicha ochiq darslar, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro bellashuvlar, davra suhbatlari, viktorinalar va boshqa tadbirlar uyushqoqlik tarzda o‘tkazilmoqda.
Xususan, tarix fani o‘qituvchisi Dilnoza Naraliyeva tashabbusi bilan 10-“b” sinfda "Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Unda interfaol — “Jadval”, "Tarixiy, mantiqiy rasmlar", "So‘z o‘yini" metodlaridan foydalandi. O‘qituvchi ijodkorona yondashib, darsga o‘sha davr ruhini kirita oldi. Faol o‘quvchilar ham noodatiy medallar tasviri tushirilgan baholar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Yanvar — tabiiy fanlar oyligi” doirasida ham yangicha metod va usullardan foydalanilgan holda o‘quvchilar qamram olindi.
Bugundan start berilgan matematika va informatika fanlar oyligi doirasida ham fan o‘qituvchilari tomonidan puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Fan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan noodatiy uslub va metodlar fan oyligining ilk kunidanoq o‘qituvchi va o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Eslatib o‘tamiz, matematika va informatika fanlar oyligi fevral oxirigacha davom etadi.







