"O'zgidromet" shoshilinch axborot bilan chiqdi
4-7 февраль кунлари юртимизда кучли шамол ва ёғингарчилик (ёмғир, қор) бўлишидан огоҳлантирди.

Gidrometeorologiya markazining maʼlum qilinishicha, joriy yilning 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-6 fevralda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi, jumladan, 4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi.
7-fevralda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
4-7 fevral kunlari yurtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda







