Eng dolzarb

Namanganda 35 yoshli erkak sinfdoshini pichoqladi

Birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra, fuqaro mast holatda bo'lgan.

Namanganda 35 yoshli erkak sinfdoshini pichoqladi

 

Namangan viloyati Uychi tumanida 30-yanvar kuni fuqaro sinfdoshini kurakda turmaydigan gaplari uchun pichoqladi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

 

Qayd etilishicha, shu kuni J.I. ismli fuqaro (1987-yilda tug‘ilgan) Hamzaobod ko‘chasida joylashgan sinfdoshi N.D.ning uyiga borgan. Uni yashash xonadonidan chiqarib, janjallashgan.

 

Shu payt N.D. boshi bilan J.I.ning yuziga urgan. J.I. esa o‘zida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan sinfdoshining chap yonbosh qorin sohasiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

 

Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy maʼlumotnomasiga ko‘ra, N.D.ning chap yonbosh sohasidan qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi kesilgan sanchilgan jarohati bor bo‘lib, ushbu jarohat hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar sirasiga kiradi.

 

Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sababi aniqlanganda, 30 yanvar kuni gumonlanuvchi, jabrlanuvchi hamda ularning yana 7 nafar sinfdoshi “Oqtosh” mahallasi hududida joylashgan kafelarning birida spirtli ichimliklar isteʼmol qilib o‘tirgani, shu vaqtda N.D. sinfdoshi J.I.ning shaxsiyatiga tegib, haqorat qilgan. O‘tirish tugaganidan so‘ng, J.I. sinfdoshi N.D.ning uyiga borib yuqoridagi holatni vujudga keltirgani maʼlum bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganlik ayol tunda bosqinchilarga duch kelgani hamda qaynuka pochchasidan qasd olish uchun uning akasini pichoqlagani  haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Namanganda 35 yoshli erkak sinfdoshini pichoqladi | Zamon.uz