“Dinamo” klubi xorij yig‘ini doirasidagi dastlabki o‘yinni o‘tkazdi
Ukraina jamoasi bilan bo‘lgan bahsda durang natija qayd etildi.

Turkiyada superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi xorij yig‘ini doirasidagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushdi.
Bugungi bahsda Samarqand klubiga Ukrainaning "Левый берег" klubi sparring-raqiblik qildi. Side shaharchasida o‘tgan o‘yinni hujumkor boshlagan "dinamochilar" 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Ukrainalik legioner Yevgeniy Chumak zarbasi bilan hamyurtlari darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda esa murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o‘zgarishlar qildi. Raqib jamoa o‘yinning 88-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1. Shu tariqa, "Dinamo" Turkiyadagi birinchi o‘yinida durang natija bilan yakunladi.








