"Barcelona" bugun "Spotify" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi
Klubning titul homiysi o‘zgarish arafasida.

Ma’lum qilishicha, bugun kataloniyaliklar "Spotify" musiqiy striming kompaniyasi bilan kelgusi mavsumdan kuchga kiruvchi shartnomaga imzo chekadi. Unga ko‘ra, kompaniya kataloniyaliklarga kelgusi 3 mavsum uchun umumiy hisobda 280 million yevro to‘lab beradi.
Avvalroq, "Barcelona"ning stadioni "Camp Nou Spotify" deya nomlana boshlashi xabar qilinayotgan edi.








