0

Qarshi davlat universitetidagi qoidabuzarlarga chora ko‘rildi

Bu bo‘yicha jinoiy ish universitetdagi ko‘plab daraxtlarning kesilgani yuzasidan ochilgan.

Qarshi davlat universitetidagi qoidabuzarlarga chora ko‘rildi

 

Qashqadaryo viloyati Qarshi davlat universitetida 38 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, universitetning 6 nafar masʼul xodimiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.

 

Aniqlanishicha, ushbu holatda tabiatga 285 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

 

Maʼlumot uchun: 13–15 yanvar kunlari Ekologiya qo‘mitasining davlat inspektorlari tomonidan daraxt kesib tashlangan joyda o‘rganish ishlari olib borilgan. Universitet tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilingan va bu to‘g‘risida rad javobini olgan.

 

Qayd etilishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganiga qaramasdan, jami 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olindi.

 

Mazkur qonunbuzarlik holati bo‘yicha o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 267 million 543 ming so‘m miqdorida hisoblandi. Hodisaga oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qarshi davlat universitetidagi qoidabuzarlarga chora ko‘rildi