Sport

Messining siz bilgan va bilmagan shaxsiy bizneslari

5 yil ichida Lio o‘zining avvalgi o‘n yillikdagi daromadini ishlab topdi.

Messining siz bilgan va bilmagan shaxsiy bizneslari

 

Argentinalik mahoratli futbolchi Lionel Messining shaxsiy biznesi va asosiy daromad topadigan sohalari ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirishi turgan gap. Hozirda Fransiyaning “PSJ” klubida tup surayotgan futbolchining parijliklar safidagi yillik maoshi 40 million yevroni tashkil etadi. Zamon.uz hujumchining futboldan tashqari bizneslari haqida ma’lumotlarni taqdim etadi. 


U “Adidas”ning yuzi bo‘lib kelmoqda


Reklama faoliyati Messining ikkinchi eng katta daromad keltiradigan sohasi hisoblanadi. Lio bunda yiliga 20 mln yevrodan ko‘proq daromad keltiradigan marketing kampaniyalarining taniqli brendlari bilan hamkorlik qiladi. 2010 yilda futbolchi “Pepsi”, “Adidas”, “Gillette” kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. 2011 yilda Messi Xitoyning avtomobil konserni – “Chery”, “Audemars Piquet” soat brendi va “AirEuropa” aviakompaniyalarining reklamasida ishtirok etdi. Keyinroq hujumchi “EA Sport”, “Herbaline” va “Dolce & Gabbana” kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi. Ko‘p yillar davomida Lioning asosiy reklama hamkori “Adidas” bo‘lib kelgan. Yaqinda kompaniya futbolchi bilan muddatsiz shartnomaga kelishib oldi. Xuddi shunday kelishuv “Nike” brendi bilan ham tuzilgan. Lionel Messi bir necha yillardan beri “Adidas” kompaniyasining yuzi bo‘lib kelmoqda.

 

Messi 40 metrlik osmono‘par binoning egasi hisoblanadi

 

Lio moliyaviy investisiyalarining muhim qismi ko‘chmas mulkni sotib olish va qurishga qaratilgan. “Jendill Di” korporasiyasi bilan hamkorlikda hujumchi Barselona shahri chekkasida “Rostower” binosini qurgan. Messi 2009 yilda o‘zining tug‘ilgan shahri Rosario markazida 40 metrlik osmono‘par inshootni ishga tushirgan edi. Ko‘p qavatli binolarni qurishdan tashqari, Lio elita turarjoy majmuasini qurishga ham katta miqdorda sarmoya kiritgan. Taniqli ekspertlarning fikricha, fermer xo‘jaliklarini sotib olish va sotish, turarjoy majmualarini qurish va ko‘chmas mulkni rivojlantirishga qaratilgan “Limecu 2010 SA” biznes loyihasi Lionelning eng foydali sarmoyasi hisoblanadi. Shuningdek, futbolchi Barselona shahrining qoq markazida, “Enrike Granados” ko‘chasida hashamatli restoran ochgan.

 

Mehmonxonasining bir kunlik ijara narxi 600 dollar

 

2017 yilda Lionel Sitges shahrida joylashgan to‘rt yulduzli kurort mehmonxonaning egasiga aylandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi binoni 30 mln  yevroga sotib olgan. 2018 yil aprel oyida Britaniyaning “The Sun” nashriyotining navbatdagi soni hujumchining eng yirik xaridlaridan biri – “Ibiza” orolida joylashgan mehmonxonani e’lon qildi. Kelishuvga jalb qilingan summa matbuotga oshkor qilinmagan. Aytilishicha, mehmonxona xonasini kuniga 600 dollardan ijaraga olish mumkin.


Messining vino zavodi


Messi Argentinaning yetakchi vino zavodi bilan birgalikda vino ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. 2010 yil Argentina bozoridagi yetakchi kompaniyalardan biri “Casa Bianchi” vino zavodi bilan hamkorlikda Messi “LIO” brendi ostida vino ishlab chiqara boshlagan. Marketing kompaniyasi shiori “Arslon, kreativ mohiyat” hisoblanadi. U hujumchining ajoyib ijodiy qobiliyatlarini ideal tarzda aks ettiradi va Messining o‘yinini muxlislar ko‘p yillar zavq bilan tomosha qilishadi degan ma’noni bildiradi. “Lio Premium Malbec” — bu olxo‘ri va rezavorlar asosida tayyorlangan quruq qizil sharobning yangi markasi bo‘lib, har bir shishasi 12 dollardan sotiladi.


Prognoz qilingan daromadlar


Agar klubdagi maosh, reklamadan tushgan daromad va biznesdagi ishtirokini hisobga oladigan bo‘lsak, har qanday holat mashhur sportchiga tahdid sololmaydi. Moliyaviy imkoniyatlar va investisiya faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanilsa, keyingi 5 yil ichida Lio o‘zining avvalgi o‘n yillikdagi daromadini ishlab topgan. Bu summa 550 mln dollarni tashkil etadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Messining siz bilgan va bilmagan shaxsiy bizneslari | Zamon.uz