0

Pullarni "tuya qilgan" bank xodimlari qidiruvga berildi

Ular davlatga 503 ming dollar zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

Pullarni "tuya qilgan" bank xodimlari qidiruvga berildi

 

“Asakabank” AJ manfaatlariga yarim million dollardan ortiq zarar yetkazgan uch nafar bank xodimiga qidiruv eʼlon qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali sobiq boshqaruvchisi Murodov, kreditlash bo‘limi boshlig‘i Yodgorov, “Asakabank” AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyev mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Xususan, ular Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditni qo‘lga kiritish maqsadida “Grand Buxara Agro” MCHJ rahbari Baxronov, "Kafil sug‘urta" MCHJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonov bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.

 

Natijada, xorijiy valyuta asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yo‘naltirilgan.

 

Kredit qaytarilishini taʼminotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga 503 ming dollar miqdorida zarar yetkazilgan. Hozirda bank sobiq boshqaruvchisi Murodov va bosh ofis Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyevlarga qidiruv eʼlon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan aʼzolari sud oldida javob bermoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs IIB xodimiga pora taklif qilgani hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qariyb 10 milliardlik mablag‘  talon–taroj qilingani haqida xabar berilgandi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"