Makron Mbappe bilan uchrashib, undan "PSJ" dan ketmaslikni so'radi
Hozirda futbolchiga "Real" xaridor bo'lmoqda.

Klian Mbappe "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirishni istamayapti va yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Futbolchiga asosiy da'vogar – "Real".
Fransiyada ko'pchilik 23 yoshli hujumchining jamoani va mamlakatni tark etishini istamayapti. El Mundo nashrining yozishicha, hozirda prezident Emmanuel Makron ham futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
OAV maʼlumotlariga koʻra, Makron hujumchi bilan uchrashgan va undan Parijda uzoqroq muddat qolishini so'ragan. Muzokaralarda vositachi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi bo'lgan.
Jurnalistlarning fikricha, bunday uchrashuv tashabbusi klub egasi – Qatar amiridan chiqqan. Aynan u "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi klubi rahbariyati va sport direktori Leonardoga Mbappe bilan shartnomani har qanday holatda ham uzaytirish uchun bosim o'tkazishda davom etmoqda.
Avvalroq "Milan” hujumchisi Rafael Leu faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin ekani xabar qilingan edi.








