Eng dolzarb

Qoraqalpog‘istonda qurilish sohasida 30 milliard so‘m talon-taroj qilingan

Zarur mablag‘lar davlat byudjetidan ajratilganiga qaramay, rejalashtirilgan ishlar o‘z vaqtida yakuniga yetmagan.

Qoraqalpog‘istonda qurilish sohasida 30 milliard so‘m talon-taroj qilingan

 

"2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzulmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" Prezident qaroriga muvofiq, 2018-2021 yillarda Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv binolarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun 54,3 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda DXX xabar berdi 

 

2018-yilda o‘tkazilgan tenderda "Jayhun Universal Qurilish" MCHJ g‘olib chiqqan. Pudratchi tomonidan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar barcha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan. Biroq zarur mablag‘lar davlat byudjetidan ajratilganiga qaramay, rejalashtirilgan ishlar belgilangan muddatda yakuniga yetmagan.

 

Aniqlanishicha, pudratchi "Jayhun Universal Qurilish" MCHJ va buyurtmachi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, tegishli hujjatlarni soxtalashtirgan. Firibgarlik yo‘li bilan ular 12,7 milliard so‘m miqdordagi pul mablag‘larini talon-taroj qilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa holatda esa buyurtmachi "Qishloq qurilish invest" MCHJ injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston filiali va 7 ta pudratchi tashkilotlar mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, 2020-yilda Qoraqalpog‘istonda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan byudjet mablag‘ining 17,5 milliard so‘mini talon-taroj qilgani aniqlandi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan ham qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shirkatlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani aniqlangandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qoraqalpog‘istonda qurilish sohasida 30 milliard so‘m talon-taroj qilingan | Zamon.uz