"Biz raqib jamoaning uzatmalariga dosh berolmadik"
Pep Gvardiola "Tottenhem" haqida gapirdi.

"Manchester City" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 26-turidan o‘rin olgan "Tottenhem" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Turli yo‘nalishlardan, ayniqsa, chap qanotdan hujum qildik. Qiyin bo‘ldi, chunki raqib juda zich himoyalanishdi.
"Tottenhem"da mahoratli futbolchilar bor. Ular to‘pni Harri Keynga yetkazib berishadi va u hujumda juda yaxshi. Birinchi bo‘limda ular gol urishdi va boshqa imkoniyat yaratishmadi. Ikkinchisida ham hujumga o‘tishlari bilan Keyn gol urdi. Gol urishga harakat qildik, lekin qo‘shib berilgan vaqtda to‘p o‘tkazib yubordik. Ular juda chuqur himoyalanishganda o‘ynash juda qiyin. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo, afsuski, muvaffaqiyatga erisha olmadik. Biz raqib jamoaning uzatmalariga dosh berolmadik" — dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester City" - "Tottenhem" o‘yinida londonliklar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.








