AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorladi
U Rossiyaning yirik banklari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalarga chek qo‘yadi.

Amerika adminstratsiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning dastlabki paketini tayyorladi. U Rossiyaning yirik banklari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalarni taqiqlashni ham ko‘zda tutadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, cheklov choralari Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirsagina kuchga kiradi.
Maʼlumot uchun: Aqsh moliya vaziri Janet Yellen Ukraina tufayli Rossiyaga joriy etiladigan sanksiyalar global taʼsirga ega bo‘lishini maʼlum qilgan edi.
AQSHning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari tadbirkorlarga katta zarar olib keladi. AQSHning tashqi savdo bo‘yicha milliy kengashi Jo Bayden administratsiyasiga murojaat qilib, Rossiyaga qarshi sanksiya eʼlon qilishda biznes manfaatlarini ham inobatga olishni so‘ragandi.
Apple, Samsung, Xiaomi kabi brendlar esa bundan kamida 10 mlrd dollar zarar ko‘rishini hisoblab chiqqan.
Sharofat Mahmudova







