Intizomiy meʼyorlarga amal qilamagan bank xodimlari jarima to‘ladi
Isteʼmolchilar huquqlarini buzgan 466 nafar bank xodimidan 829 million so‘m miqdorda jarima undirilgan.

Markaziy bank departamentining xabariga ko‘ra, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda:
O‘tkazilgan o‘rganishlar va nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatishda isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan 16 ta tijorat banki va 8 ta mikrokredit tashkilotidan jami 1 177 million so‘m miqdorida jarimalar undirildi.
Banklarga nisbatan ko‘rilgan choralar taʼsirchanligini oshirish maqsadida undirilgan jarimalarning 829 million so‘mi yoki 70 foizi qoidabuzarliklar yo‘l qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan banklarning 466 nafar masʼul xodimlari hisobidan qoplandi.
Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 269 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani hamda Mirishkorda bank xodimlari aralashgan noqonuniy “o‘yin” fosh etilgani haqida xabar berilgandi.







