Jastin Biber koronavirusga chalindi
Uning ayrim konsert dasturlari bekor qilingan.

27 yoshli kanadalik xonanda va aktyor Jastin Biber koronavirus bilan kasallandi.
Ijodkor salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli Amerikaning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsert dasturini bekor qilgan.
Biberda koronavirus aniqlanganidan keyin tashkilotchilar o‘tkazilish muddatini boshqa sanaga ko‘chirish fikriga kelishgan.
Jastin Biberning 22 va 24-fevral kunlari Glendeyl va Los-Anjelesda ham konsert berishi eʼlon qilingan edi. Ushbu konsert dasturlarining bekor qilinishi yoki qilinmasligi masalasiga esa aniqlik kiritilmagan.
Biber ayni vaqtda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning ijodiy jamoasidagi boshqa aʼzolarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.







