Sport

Eldor Shomurodov koronavirusdan sog‘ayib, futbolga qaytdi

Shuningdek, yana ikki nafar o‘yinchi jamoa safiga qo‘shilgan.

Eldor Shomurodov koronavirusdan sog‘ayib, futbolga qaytdi

 

Avvalroq “Roma” jamoasi o‘yinchisi Eldor Shomurodov koronavirusga chalinib, izolyatsiyaga olingani haqida xabar berilgandi. 


Italiya futbolini yoritib borishga ixtisoslashgan internet saytlarining ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, safga qaytgan. Shuningdek, Nikolo Dzanolo va Stefan El-Shaaravi kabi yetakchi o‘yinchilar ham jarohatlarini tuzatib, mashg‘ulotlarga qo‘shilgan.


Safdan chiqqan o‘yinchilar orasida Genrix Mxitaryan davolanishni davom ettirmoqda va u katta ehtimol bilan 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Spesiya”ga qarshi bellashuvda qatnasha olmaydi.

 

Eldor Shomurodov koronavirusdan sog‘ayib, futbolga qaytdi | Zamon.uz