0

"Taqvodor" o‘g‘ri sud hukmidan norozi

U to‘rtinchi bor sudlanayotganiga qaramay, yengillikdan umidvor.

"Taqvodor" o‘g‘ri sud hukmidan norozi

 

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilingan fuqarodan shikoyat arizasi keldi.

 

41 yoshli sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib qamoqqa hukm qilingan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi xavfli retsidivist bo‘la turib, o‘g‘irlikka qo‘l urgan. U muqaddam o‘g‘irlik jinoyati uchun 3 marotaba sudlangan.

 

“Minor” masjidiga go‘yoki namoz o‘qish niqobi ostida kiradi va o‘ziga tanish bo‘lmagan fuqaroga tegishli narxi 700.000 so‘m bo‘lgan bir dona erkaklar sumkachasi, uning ichidagi fuqarolik pasporti, xizmat va haydovchilik guvohnomasi, taloni, qo‘l telefonini olib ketadi.

 

O‘sha kuni sumkachada jabrlanuvchining telefon quvvatlagich moslamasidan tortib, naqd pullari, do‘ppisi, dastro‘molchasi va yashash uyining kalitigacha olib qochilgan. Qo‘lga tushganida esa qaytarilgan buyumlari ichida jabrlanuvchiga tegishli xizmat guvohnomasini o‘zi bilan olib qolgan.Sudlov hayʼati jinoyat ishini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqdi.

 

Apellyatsiya shikoyatida sudlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “a” bandini chiqarib tashlashni va oilaviy sharoitini inobatga olib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.

 

Sudlov hayʼati apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirilmadi. Unga tayinlangan jazo o‘zgarishsiz qoldirildi.

 

Moʻtabar Nurmuhammedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"