Totti qaytmoqda
Sobiq hujumchisi Franchesko Totti “Roma”ga qaytishi mumkin.

Sobiq rimlik futbolchi so‘nggi bir necha oy ichida “Olimpiko” stadionida “Roma”ning ko‘plab o‘yinlarida qatnashdi. U hozirda bosh murabbiy Joze Mourinyo va klub xo‘jayinlari Fridkinlar oilasi bilan yaxshi munosabatda. Ular Tottining rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlanish taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Totti butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazdi. 25-mavsum davomida u 786 o‘yinda 307 ta gol urgan. O‘tgan yili afsonaviy futbolchi sport agenti lisenziyasini olgandi.
Avvalroq Eldor Shomurodovda psixologik muammolar borligi haqida xabar berilgandi.








