Madaniy meros obyekti "Deshon qalʼa"ning bir qismi qulab tushgani aniqlandi
Bunga asosiy sabab restavratsiya o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

Madaniy meros agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan monitoring natijasida xususiy xonadon ichida “DESHAN QALʼA” meʼmoriy arxitektura yodgorligi hisoblanmish devorning bir qismi qulab tushganligi aniqlandi.
Ushbu tarixiy obidani saqlab qolishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan fuqaro A.R.ga bir necha marotaba rasmiy ogohlantirish berilgan.
Uning vaziyatga bo‘lgan bepisandligi xonadonida joylashgan madaniy meros obyektiga zarar yetkazilishiga va qisman buzilishiga sabab bo‘ldi.
Bu holatga asosiy sabab fuqaro tomonidan uy uning shaxsiy mulki ekanligi vaj qilib ko‘rsatilib, Agentlik mutasaddilariga qarshilik ko‘rsatgan holda ularni konservatsiya va restavratsiya qilishlariga yo‘l qo‘ymagani. Shunga qaramasdan Agentlik mutaxasisslari joyiga chiqqan holda tarixiy obyektni uzoqdan kuzatib, fuqaro bilan murosaga kelish choralarini ko‘rishdi. Lekin fuqaro barcha takliflarga rad javobini berdi.
Shu sababli Agentlik fuqaroga nisbatan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga vaziyatga huquqiy baho berish va davlat muxofazasiga olingan obyektda asrashga doir ishlarni oli borishga to‘sqinlik qilgani uchun chora ko‘rish to‘g‘risidagi taqdimnoma kiritish jarayonini boshlangan.
Vazirlar Mahkamasiga Agentlik tomonidan mahalliy xokimyatlarga madaniy meros obyektlari atrofida joylashgan shaxsiy mulklarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritilishi to‘g‘risida maʼlum kilinadi.







