0

Navoiyda tarbiyachilar "podezd" yuvdi

Shahar maktabgacha taʼlim bo‘limi boshlig‘i Mavluda Tursunova “start” buyrug‘ini hokim berganini bildirgan.

Navoiyda tarbiyachilar "podezd" yuvdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon shahrida tarbiyachilar ko‘p qavatli uylarning podezdlarini yuvishga jalb qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

 

Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha  mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

 

Aniqlanishicha, fuqarolar ko‘p qavatli uylarning zinapoyalarini tozalash ishlariga majburiy jalb etilgan. Zarafshon shahar maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiriga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga (mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash) asosan maʼmuriy jarima qo‘llangan.

 

Taʼkidlanishicha, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda qonun buzilishlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Maktabgacha taʼlim bo‘limi boshlig‘i o‘zining Telegram guruhda bog‘cha rahbarlariga hokim shunday topshiriq berganini maʼlum qilgan.

 

“Hurmatli direktorlar. Meni hozir hokim chaqirdi, podyezd masalasida qattiq gap eshitdim. Hozirdan nazoratga oling, ertaga har bir MTT 20 tadan rasm tashlashi shart. Bugun 17-sonli MTT bu masalada qattiq tanqidga olindi. Har kuni o‘zingiz boshchiligida ushbu masalani uyushqoqlik bilan tashkil eting. Ertaga (hokim) 11-kichik tumandagi 20- yoki 9-sonli MTTga borishi mumkin. Rahbarga birinchi savol podyezdni yuvdingizmi, deb beriladi. Barcha MTTlarga navbat bilan borildi”, – deya taʼkidlagan Mavluda Tursunova o‘z topshirig‘ida.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"