Rossiya davlat dumasi spikeri Ukraina suvereniteti sotib yuborilganini maʼlum qildi
Shunindek, barcha qarorlar Vashingtonda qabul qilinishi taʼkidlandi.

RF davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Telegram kanalida Kiyevdagi amaldagi hukumat Ukraina mustaqilligini sotib yuborganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ukraina harbiylari qurolni tashlab, tinchlik tomoniga o‘tmoqda? Nima uchun bunday bo‘lyapti? Birinchidan, hech kim Ukraina suverenitetitini sotib yuborgan rejim uchun halok bo‘lishni istamaydi. Kiyev hech qanday qarorlarni mustaqil qabul qilmaydi, Vashington va Bryussel buyrug‘i bilan harakatlanadi. Amerika maslahatchilari hozirda barcha hokimiyat tuzilmalarida ishlamoqda. Bu vatanini sevadigan ukrainaliklarga yoqmaydi”, – degan siyosatchi.
Maʼlumot o‘rnida: Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24-fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operatsiya o‘tkazishni boshladi. Hozirda Ukrainaning ko‘plab harbiy obyektlariga aviazarbalar berilgan. RF mudofaa vazirligi ukrain armiyasining havo-hujumiga qarshi tizimlari to‘liq ishdan chiqqanini maʼlum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qilgandi.







