Eng dolzarb

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Bunga sabab xalqaro yuk tashuvchilarga Rossiya hududiga kirishiga ruxsat berilmayapti.

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

 

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yana bir bor mamlakatimiz xalqaro tashuvchilarini yuk avtomobillari haydovchilariga nisbatan taqiq mavjud emasligini oldindan tekshirish amaliyotini joriy etishni tavsiya qilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ushbu tavsiya "Yuqori Lars" nazorat-o‘tkazish punkti orqali Gruziya-Rossiya chegarasini kesib o‘tish vaqtida haydovchilarning Rossiya hududiga kirishiga ruxsat berilmayotgani holatlari davom etayotganiga asoslanmoqda.

 

Bunday harakatlarga chegarani kesib o‘tayotgan haydovchi bundan avvalroq Rossiya qonunchiligini buzgani, shu jumladan, turli jarimalarni to‘lamagani uchun deportatsiya qilinganlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, yuz berayotgan ushbu holatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida qabul qilingan cheklovlar sababli ham murakkablashmoqda.

 

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik diplomatlar har bir holat bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish, vatandoshlar manfaatlarini himoya qilish borasida maqsadli saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

 

Shu munosabat bilan, elchixona yana bir bor mamlakatimiz xalqaro yuk tashuvchilaridan Rossiya hududiga, shu jumladan, Ozarbayjon va Gruziya orqali tashuvlarni amalga oshirishdan oldin haydovchilarga  xorijiy mamlakatga  kirish uchun taqiq mavjud emasligini tekshirib ko‘rishni so‘raydi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"