Putin Xalqaro dzyudo federatsiyasining faxriy prezidenti maqomidan mahrum etildi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tashkilotning faxriy prezidenti vakolatlari to‘xtatilgani haqida maʼlum qildi.

“Xalqaro dzyudo federatsiyasi janob Vladimir Putinning IJF faxriy prezidenti va elchisi maqomi bekor qilinganini eʼlon qiladi”, — deyilgan federatsiya xabarnomasida.
Putinga mazkur maqom 2008 yilda berilgan edi.
IJF mazkur qarorga Rossiya qo‘shinlari 24-fevral kuni Ukraina hududida harbiy amaliyot boshlagani ortidan kelgan.







