Eng dolzarb

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijdagi o‘zbek fuqarolariga murojaat yo‘lladi

Murojaat mazmuni hozirgi Rossiya — Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlarga qaratilgan.

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijdagi o‘zbek fuqarolariga murojaat yo‘lladi

 

Aziz vatandoshlar!

Insoniyat bugun katta xavf-xatar va tahdidlar kuchaygan sharoitda yashash va hayot kechirishga majbur bo‘lmoqda.

Sharqiy Yevropa mintaqasida taranglashayotgan siyosiy vaziyat barchamizdan ogohlik va chuqur tafakkur bilan ish ko‘rishni talab etadi.

 

Afsuski, bunday voqealar ayanchli oqibatlarga olib kelishi bilan birga, qanchadan-qancha davlatlardagi rivojlanish jarayonlarini bir necha yillarga orqaga surib yuborishi mumkin.

Bugun dunyoning turli nuqtalarida ko‘p sonli vatandoshlarimiz istiqomat qilib kelmoqda.

 

Biroq, olib borilayotgan muloqotlar va tushuntirish ishlariga qaramay, ayrim vatandoshlarimiz turli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiluvchi baʼzi manbalarga tayanib, maʼlum miqdordagi pul mablag‘lari, katta vaʼdalar, jumladan, turli shartnomalar tuzish orqali fuqarolik berish va boshqa chaqiruvlarga uchib, shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishlari ortidan xatarli vaziyatlarga tushib qolmoqda.

Birgina misol, ayrim yurtdoshlarimizning bilib-bilmay va chuqur anglamagan holda Suriyaga borib, turli jangari guruhlarga qo‘shilib qolganliklari, oxir-oqibat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyasi ko‘magida ona Vatanga qaytarilgani barchamizga ayon. Shu munosabat bilan, xorijdagi vatandoshlarimizni quyidagi tavsiyalarga amal qilishga chaqiramiz:

 

- boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;

- har xil chaqiriqlar va oqimlarning aldovlariga ishonmaslik;

- hech qanday ziddiyatli va qurolli vaziyatlarga aralashmaslik;

- o‘qotar qurollarni qo‘lga olmaslik va ulardan foydalanmaslik (g‘ayriixtiyoriy ravishda qotilga aylanib qolmaslik);

- vaziyatni chigallashtiruvchi hech qanday shiorlarni targ‘ib qilmaslik;

- nizolashayotgan taraflarning bayrog‘i, madhiyalari, ramzlari va shiorlarini ishlatmaslik (O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib qolishining oldi olinadi).

 

Yuqoridagi holatlarga aralashish belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini yana bir bor eslatgan holda, bugun dunyoda kuzatilayotgan vaziyatda neytral pozitsiyani ustuvor qo‘yishni tavsiya etamiz.

 

Dunyoning qaysi o‘lkasida bo‘lmaylik, aziz Vatanimiz – O‘zbekistonning obro‘si, eʼtibori, shaʼni–shuuri va xalqaro imidjini saqlash muqaddas burchimiz ekanligini unutmaylik!

Hurmatli vatandoshlar!

Tinchlik, bu – oliy neʼmat, uni asrashga barchamiz masʼulmiz!

 

“Vatandoshlar” jamoat fondi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijdagi o‘zbek fuqarolariga murojaat yo‘lladi | Zamon.uz