O'zbekiston

"Otam vafotidan keyin sobiq markaz tufayli oilamiz qattiq siquv va tazyiqqa uchradi"

Akademik Sayyora Rashidova otasini xotirladi.

"Otam vafotidan keyin sobiq markaz tufayli  oilamiz qattiq siquv va tazyiqqa uchradi"

 

Sobiq Sovet ittifoqi davrida O‘zbekiston taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Sharof Rashidovni bugun bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. “Tarixsiz kelajak yo‘q” deyishadi. Shunday ekan, o‘z halqiga sadoqat bilan xizmat qilgan insonni xotirlash o‘rinlidir. Sharof Rashidov o‘z halqi va Vataniga fidoyi farzand edi. Lekin uning vafotidan so‘ng pok nomiga dog‘ tushirishga urinishlar bo‘lgandi. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Sharof Rashidovning nomi to‘liq oqlandi. Xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Biz Sharof Rashidovning kenja qizi Sayyora Rashidova bilan suhbat uyushtirdik. Sayyora Rashidova otasi bilan o‘tgan bolalik davrini xotirladi.

— Otam urushda qatnashdi. Frontdan qaytgach, Samarqand viloyat partiya tashkilotining kotibi bo‘lib faoliyat yuritdi. Keyinroq “Qizil O‘zbekiston” hozirda “O‘zbekiston ovozi»” gazetasiga muharrirlik qildi. Keyinroq O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosati raisi, O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi bo‘lib ishladi.

24 yil davomida O‘zbekistonning rahbari sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Akademik Ibrohim Mo‘minovni yaqin do‘st deb bilardi.

 

— O‘zbekistonni boshqarish davrida farzandlariga ota sifatida vaqt ajrata olganlarmi?

— Otamiz bizga, albatta, vaqt ajrata olganlar. Maktabda o‘qigan vaqtlarimizda dars qilish jarayonlarimizni diqqat bilan kuzatar edi. Ota-onalar majlisi bo‘lsa, albatta, borardi. Men maktabni bitirgach, Moskva davlat universitetiga o‘qishga kirganman. Davlatni boshqarish oson emas. Ish juda ko‘p bo‘ladi. Lekin shunga qarmay, otam meni ko‘rgani Moskvaga kelar edi. O‘qishimizga doim eʼtibor qaratgan.

 

O‘tgan asrga qaytadigan bo‘lsak, halqimiz boshiga tushgan ayanchli voqea mudhish bir manzara gavdalanadi. U ham bo‘lsa "paxta ishi" voqealaridir. O‘sha davrda bu voqealarga har joydan turlicha fikrlar bildirildi. Ularning qay biri haqiqat, qay biri uydirma ekanini anglash ham qiyin kechdi. Ko‘pchilik fuqarolar ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sharof Rashidov nomi esa besabab qoralandi.

— "Paxta ishi" haqida juda ko‘p gapirildi. Otam el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi… yillar o‘tib ularning nomi oqlandi. Men bir narsani aniq ayta olamanki halqimiz boshiga tushgan sinovli kunlar ularni sindirmadi. O‘zligini yo‘qotmadi.

O‘sha davrni eslasam xafa bo‘lib ketaman. Otam vafotidan keyin sobiq markaz va o‘zimizning ayrim vijdonsiz kimsalarning nonko‘rligi tufayli oilamiz qattiq siquvga va tazyiqqa uchradi. Bizning oilamiz birdamligini onam ushlab qoldi. Ular bizning qalbimizga bir kun kelib yuzimiz yorug‘ bo‘ladi va hammasi yaxshi bo‘ladi degan ishonchni singdirdi. Yillar o‘tib, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev otamning o‘sha davrdagi Davlat boshqaruvini yuqori baholadi.

 

 

— Sharof Rashidov butun umrini baʼdiiy ijodga — yozuvchilikka bag‘ishlagan. Xatto, "Ikki dil dostoni" asari asosida film ham ishlangan. Bizgacha yetib kelmagan asarlari bormi?

 

— Ota har kuni erta saharda turib ish stolida o‘tirib asar yozardi. Ular 1953 yil “G‘oliblar” qissasini yozdilar. 1972 yilda qayta ishlanib, “G‘oliblar” romani sifatida nashr etiladi. 1958 yil “Bo‘rondan kuchli”, 1964 yil “Qudratli to‘lqin” romanlarini yaratildi. Ularda o‘zbek halqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati o‘z badiiy ifodasini topgan. Ular yozgan “Yangi hayot” asarlari ham bor.

O‘zlari esa o‘zbek yozuvchilarini juda hurmat qilardi. Aleksandr Fadeyev, Maksim Gorkiy asarlarini yaxshi ko‘rib mutolaa qilardi. Shu bilan birga xorij asarlarini ham ko‘p mutolaa qilardi.

 

— Sharof Rashidovning sevimli mashg‘uloti nima bo‘lgan?

— Otam otni juda yaxshi ko‘rardi. Ularni o‘zlari parvarishlab, eng yaxshisini minar edilar. Biz otamdan surat chizib bering, deb so‘rasak, doim otlarni rasmini chizib berardi.

 

Munojat Valiyeva

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Nurafshon maxsus texnika” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Davlat rahbari majmuadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar va zamonaviy texnologik yechimlarni ko‘zdan kechirdi.

custom img

Prezident Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrifi chog‘ida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.

custom img

Turizm qo‘mitasi “Xavfsiz turizm” jamg‘armasi bo‘yicha tushuntirish berdi

Qo‘mita loyiha xorijga sayohat qilayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda ularga yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni nazarda tutishini ma’lum qildi.

custom img

Prezident Toshkent–Samarqand pullik avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Yangi avtomagistral ishga tushgach, Toshkent–Samarqand yo‘li 5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi.

custom img

Toshkentda tadbirkordan 360 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi qurilish jarayoniga sun’iy to‘sqinlik qilmaslik evaziga pul talab qilgan.

custom img

Toshkentda uy yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

custom img

Samarqandda YPX mashinasi odam urib yubordi

Hodisa oqibatida 75 yoshli piyoda vafot etgan.

custom img

“O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Siddiqovning ishi sudga oshirildi

Sudlanuvchilarga talon-toroj, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa qator moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"