O'zbekiston

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Sirdaryoda Xovos tumani IIBning ikki sobiq xodimiga pora olish va dalillarni qalbakilashtirish jinoyatlari bo‘yicha sud hukmi chiqarildi. Ular jinoyat ishini ma’muriy huquqbuzarlikka aylantirib berish evaziga fuqarodan 35 million so‘m talab qilgan.

 

“Zamon” dasturida ma'lum qilinishicha , voqea Xovos tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbarining murojaatidan so‘ng aniqlangan. U yer maydonida sodir etilgan noqonuniy holat oqibatida katta miqdorda zarar yetkazilgani yuzasidan IIBga murojaat qilgan.

 

O‘rganishlar davomida gumondor shaxs fermerga 30–40 million so‘m atrofida zarar yetkazgani aniqlangan. Biroq IIBning ikki xodimi jinoyatni yashirish maqsadida soxta dalillar tayyorlagan.

 

Ular fermer xo‘jaligi rahbariga gumondor zararni to‘liq qoplay olmasligini, undan 10–12 million so‘m undirib berishlarini bildirgan. Keyinchalik esa gumondorni qo‘rqitib, unga 50 million so‘m zarar yetkazgani va bu mablag‘ni to‘lamasa qamalishini aytishgan.

 

Gumondor dastlab 24 million so‘m olib kelgan. Xodimlar uning 12 million so‘mini jabrlanuvchiga berib, qolgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi va ish sudda ma’muriy tartibda ko‘rilishini va’da qilgan.

 

Xodimlar kelishilgan 35 million so‘mdan qolgan 11 million so‘mni olayotgan vaqtda tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

 

JIB Sayxunobod tuman sudi hukmi bilan sobiq xodimlar pora olish va dalillarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi. Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Sud shuningdek, shu kabi jinoyatlarning oldini olish yuzasidan xususiy ajrim chiqarib, uni Sirdaryo viloyati IIBga yubordi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.