Jahon

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Apple 9-sentyabr kuni iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini taqdim etdi. Yangi qurilmalar 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqilgan A20 Pro chipi, 48 megapikselli o‘zgaruvchan diafragmali asosiy kamera va kichraytirilgan Dynamic Island bilan jihozlangan.

 

iPhone 18 Pro va Pro Max to‘q qora, kumushrang, moviy va burgundi ranglarda ishlab chiqariladi. Qurilmalarning orqa qopqog‘i ham korpus rangiga moslashtirilgan.

 

Yangi smartfonlarning asosiy yangiliklaridan biri — A20 Pro chipi. U 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 6 yadroli markaziy protsessorga ega. Chipdagi grafik protsessor 7 yadrodan iborat va Apple ma’lumotlariga ko‘ra, grafik unumdorlik 40 foizga oshgan. Shuningdek, qurilmaga ikkinchi neyron dvigatel qo‘shilgan va NPU yadrolari soni 32 taga yetkazilgan.

 

Apple iPhone 18 Pro'ni sovitish uchun yangi avlod bug‘ kamerasi (vapor chamber) tizimidan foydalangan. Uning yuzasi iPhone 17 Pro'dagi tizimga qaraganda uch baravar katta.

 

Batareya ishlash muddati ham uzaytirilgan. iPhone 18 Pro‘da video tomosha qilish 36 soatgacha, iPhone 18 Pro Max’da esa 45 soatgacha davom etadi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 18 Pro‘ni sim orqali 15 daqiqa quvvatlash 6 soatlik video tomosha qilish uchun yetarli quvvat beradi.

 

iPhone 18 Pro 48 megapikselli o‘zgaruvchan diafragmali asosiy kameraga ega. Diafragma mexanizmi oltita juda yupqa qatlamdan tashkil topgan. Qorong‘i sharoitda diafragma kengayib, kameraga ko‘proq yorug‘lik tushishini ta’minlaydi. Apple buning natijasida tungi suratlar tezroq va sifatliroq olinishi mumkinligini bildirgan.

 

Yangi modellarda Dolby Vision HDR formatida 4K sifatli taymlaps videolarni suratga olish imkoniyati ham mavjud.

 

Apple shuningdek, kamera uchun Pro Controls funksiyasini joriy etdi. U foydalanuvchiga surat va videolarni olish jarayonida ekspozitsiya va shutter speed kabi parametrlarni qo‘lda boshqarish imkonini beradi. Fotografik uslublarda tekstura va donadorlikni sozlash imkoniyati ham qo‘shilgan.

 

iPhone 18 Pro va Pro Max’da Dynamic Island kesmasi kichraytirilgan. U endi bir vaqtning o‘zida uchta Live Activity’ni ko‘rsatishi mumkin.

 

Yangi smartfonlar Apple Intelligence va Siri AI bilan ishlashga moslashtirilgan. Taqdimotda Siri’ning yanada ifodali ovozlar bilan ishlashi ham namoyish etilgan.

 

iPhone 18 Pro'ning 256 GB xotirali versiyasi 1 199 dollar, iPhone 18 Pro Max’ning 256 GB versiyasi esa 1 299 dollardan boshlanadi. Bu iPhone 17 Pro'ning boshlang‘ich narxiga nisbatan 100 dollarga qimmatroq.

 

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

 

Taqdimot Apple’ning yangi bosh direktori Jon Ternus rahbarligidagi ilk yirik tadbir bo‘ldi. U 1-sentyabr kuni Tim Kukning o‘rnini egallagan, Kuk esa kompaniya direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimiga o‘tgan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.