Jahon

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada shahri yaqinida qurol-yarog‘ va urushdan qolgan o‘q-dorilar saqlanadigan vaqtinchalik omborda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan.

 

Portlash 9-sentyabr kuni Idlib viloyatining shimolidagi Burj an-Nimra qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Portlashdan keyin omborda yong‘in kelib chiqqan va hududni bir necha soat davomida quyuq tutun qoplagan.

 

Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib kelgan, biroq ikkilamchi portlashlar yong‘inni o‘chirish ishlariga xalaqit bergan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarni izlamoqda.

 

Suriya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida harbiy xizmatchilar ham bor. Portlagan ombor 2011–2024-yillarda davom etgan Suriya qo‘zg‘oloni va fuqarolar urushidan qolgan qurol-yarog‘ hamda o‘q-dorilarni saqlash uchun ishlatilgan.

 

Hozircha rasmiylar portlashga nima sabab bo‘lganini ma’lum qilmagan.

 

Avvalroq, 1-sentyabr kuni Idlib viloyatining Binnish shahrida o‘q-dorilar ortilgan avtomobil portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.