O'zbekiston

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Prezident Xalq qabulxonasi tizimida 2026-yil avgust oyida 83 019 ta masala bo‘yicha 76 196 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Murojaatlarning 11 114 tasi takroriy, 1 593 tasi esa jamoaviy tusda bo‘lgan. Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi bo‘yicha — 4 833 ta, aliment masalasida — 4 658 ta hamda gaz ballonlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — 2 475 tani tashkil etgan.

 

Shuningdek, huquqbuzarliklarga oid 1 826 ta, bir martalik moddiy yordam bo‘yicha 1 765 ta, surishtiruv va tergov masalalarida 1 709 ta murojaat qayd etilgan.

 

Ish bilan ta’minlash masalasida 1 657 ta, uy-joyni ta’mirlashga moddiy yordam yuzasidan 1 548 ta, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 1 528 ta hamda ijro hujjatlariga oid 1 234 ta murojaat kelib tushgan.

 

Tashkilotlar kesimida eng ko‘p murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 12 097 ta kelib tushgan. Keyingi o‘rinlarni Ichki ishlar vazirligi — 8 258 ta, Majburiy ijro byurosi — 7 966 ta, Energetika vazirligi — 6 551 ta va Bosh prokuratura — 5 498 ta bilan egallagan.

 

Bundan tashqari, Bandlik vazirligiga 4 272 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 3 934 ta, Oliy sudga 3 070 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2 916 ta hamda Markaziy bankka 2 615 ta murojaat yuborilgan.

 

Shoshilinch murojaatlarning 638 tasi elektr ta’minotidagi uzilishlar, 551 tasi ichimlik suvi, 67 tasi esa tez tibbiy yordam xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Avgust oyida 5 666 ta shaxsiy qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4 666 tasi o‘tkazilgan. O‘tkazilmagan shaxsiy qabullar eng ko‘p Toshkent viloyati — 148 ta, Farg‘ona viloyati — 137 ta va Toshkent shahrida — 134 tani tashkil etgan.

 

Shuningdek, 4 495 ta sayyor qabul rejalashtirilgan, ulardan 4 327 tasi o‘tkazilgan. Sayyor qabul o‘tkazmagan tashkilotlar orasida elektr tarmoqlari korxonalarida 39 ta, obodonlashtirish boshqarmalarida 36 ta va mahallalar bo‘limlarida 31 ta holat qayd etilgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.