O'zbekiston

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazmasdan, ularni savdo va servis faoliyatiga moslashtirishga ruxsat berish taklif qilindi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, birinchi qavatlardagi xonadonlarda sartaroshxona, go‘zallik saloni, kichik do‘kon, atelye, poyabzal va maishiy texnika ustaxonasi kabi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish mumkin. Biroq buning uchun xonadonni noturar joy toifasiga o‘tkazish talab etilgani tadbirkorlikni boshlashda qo‘shimcha tartib-taomillarni yuzaga keltirmoqda.

 

Shu sababli xonadon egasi yoki tadbirkorning tegishli faoliyatni boshlagani haqida xabar berishi yetarli bo‘lishi taklif etildi.

 

Mutasaddilarga bir oy ichida birinchi qavatdagi xonadonlarda yo‘l qo‘yiladigan xizmat turlari va ularga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilash vazifasi topshirildi.

 

Yig‘ilishda hududlarda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Tuman va mahallalarda bo‘sh yoki to‘liq foydalanilmayotgan bino-inshootlar, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini joylashtirish mumkin bo‘lgan yerlar aniqlanib, yangi loyihalarga biriktirilishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Gavjum ko‘chalarda master-rejalar asosida tadbirkorlik obyektlarini joylashtirish, tarixiy shaharlar va turizm mahallalarida ko‘chalarni “eski shahar” uslubida ta’mirlash hamda mehmon uylari, savdo va servis shoxobchalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Qishloq xo‘jaligida esa eski bog‘lar va qarovsiz yerlarni yangilash orqali har bir gektardan olinadigan daromadni oshirish zarurligi qayd etildi. Bunday choralar yerdan samaraliroq foydalanish va qishloq aholisi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi bo‘sh hududlarni aniqlash va o‘zboshimchalik bilan egallangan joylarni tartibga keltirish topshirildi. Bu hududlarda bolalar maydonchalari, sport va fitness zonalari, yashil maydonlar tashkil etish hamda ko‘chalarni yoritish vazifalari belgilandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.