O'zbekiston

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

 

10-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

 

Mazkur tashabbus Prezidentning 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda. Unga ko‘ra, har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun”, shuningdek, tegishli muddatlarda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.

 

Aksiya avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish, ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda jamoat va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan.

 

Tadbirlar doirasida Ekologiya milliy qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari xizmat hamda shaxsiy avtomobillaridan foydalanish o‘rniga jamoat transporti, velosiped va boshqa muqobil transport vositalaridan foydalanmoqda.

 

Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tashabbuslar natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish hamda shaharlardagi transport tirbandliklarini qisqartirishga erishilmoqda.

 

“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining avtotransport vositalaridan foydalanishi javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.