UEFA Belorusni ham “jazoladi”
Endi Belorus klublari o‘z uyida uchrashuv o‘tkaza olmaydi.

Ijroiya qo‘mitasi UEFA musobaqalarida ishtirok etuvchi Belarusning barcha klublari va terma jamoasi o‘z uylaridagi uchrashuvlarini neytral stadionlarda o‘tkazishlari shart degan qarorga keldi.
Qolaversa, ushbu o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi kerak.
Shuningdek, UEFA bu yakuniy qaror emasligini va tashkilot kerak bo‘lganda navbatdan tashqari yig‘ilishlarni o‘tkazishda davom etishini ta’kidladi. Vaziyat o‘zgargan taqdirda esa sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor.








